platina.uz
Sport

Desham Fransiya terma jamoasi bilan shartnomasini uzaytirdi

Desham Fransiya terma jamoasi bilan shartnomasini uzaytirdi
Fransiya futbol federatsiyasi milliy terma jamoa bosh murabbiyi Dide Desham bilan shartnomani 2026 yilgacha uzaytirganini eʼlon qildi. Bu haqda tashkilotning rasmiy sayti xabar berdi. Qayd etilishicha, Desham 2012 yilning iyunida Fransiya terma jamoasini boshqargan edi. Desham boshchiligidagi Fransiya terma jamoasi 139 uchrashuvda 89 ta gʻalabaga erishgan. Uning qoʻl ostida fransuzlar 2018 yilda Rossiyada boʻlib oʻtgan JCh-2021, Millatlar Ligasi-2021da gʻolib chiqdi, Yevro-2016 va Qatar-2022 Jahon chempionati finaliga chiqdi. Endilikda Fransiya FIFA reytingida uchinchi oʻrinda, soʻnggi besh yil davomida doimiy ravishda kuchli toʻrtlikdan joy oldi. Eslatib oʻtamiz, Qatarda boʻlib oʻtgan JCh-2022 finalida Fransiya terma jamoasi Argentina terma jamoasiga imkoniyatni boy bergandi (3:3, penaltilar seriyasida 2:4).
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid