platina.uz
Sport

2022 yilning eng yaxshi sportchilari eʼlon qilindi

2022 yilning eng yaxshi sportchilari eʼlon qilindi
Lionel Messi Fransiyaning L’Equipe nashri tomonidan 2022 yilning eng yaxshi sportchisi deb topildi. Futbolchi nashr muxbirlari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnomada 808 ball toʻpladi. Messi JCh-2022 cohibiga aylandi va turning "Oltin toʻp" sovriniga ega boʻldi. Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe 381 ochko bilan ikkinchi boʻldi. Kuchli uchlikni sobiq birinchi raketka ispaniyalik tennischi Rafael Nadal (285) yakunladi. Kuchli beshlikka belgiyalik velosipedchi Remko Evenepul va gollandiyalik poygachi Maks Verstappen ham kirdi. Messi oʻtgan yili Qatarda boʻlib oʻtgan jahon chempionati finalida Fransiya terma jamoasini penaltilar seriyasida magʻlub etgan Argentina terma jamoasi tarkibida jahon chempioniga aylangandi. L’Equipe talqiniga koʻra, 2022 yilning eng yaxshi sportchilari top-10ligi:
  1. Lionel Messi (futbol, 808 ball)
  2. Kilian Mbappe (futbol, 381)
  3. Rafael Nadal (tennis, 285)
  4. Remko Evenepul (velosport, 252)
  5. Maks Ferstappen (Formula-1, 196)
  6. Karim Benzema (futbol, 195)
  7. Arman Dyuplantis (yengil atletika, 185)
  8. Stefen Karri (basketbol, 139)
  9. Antuan Dyupon (regbi, 105)
  10. David Popovich (suzish, 98).
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid