platina.uz
Jamiyat

"Yuksalish" harakati Oʻzbekistonda anomal sovuq kunlari barcha xodimlarning masofaviy ishlashiga ruxsat berishni taklif qildi

"Yuksalish" harakati Oʻzbekistonda anomal sovuq kunlari barcha xodimlarning masofaviy ishlashiga ruxsat berishni taklif qildi
«Yuksalish» harakati quyidagi tavsiyalarni eʼlon qildi. Birinchidan, barcha ish beruvchilar — ham davlat, ham xususiy sektor ish jarayonlarini tashkil etishni chuqurroq koʻrib chiqishlari kerak. Mehnat sharoitlari bilan tanishib chiqib, xodimlarni qulay harorat rejimi bilan taʼminlash zarur. Ikkinchidan, agar xodimlarning ish joyida boʻlishiga ehtiyoj boʻlmasa, ular onlayn ishlashiga ruxsat berilishi kerak. Pandemiya bunday formatda ham berilgan vazifalarni samarali bajarish mumkinligini koʻrsatdi. Qolaversa, bu yoʻllarni tirband qilmasdan, qor va muzlardan tozalab olinishiga sharoit yaratadi. Masalan, «Yuksalish» harakati jamoasi 9—15 yanvar kunlari masofadan ishlashga oʻtmoqda. Markaziy idora joylashgan binoning isitish tizimidagi qiyinchiliklar sababli shunday qarorga kelindi. Hududiy boʻlinmalar ham onlayn formatga oʻtmoqda. Uchinchidan, ish soatlarini, ayniqsa, ochiq havoda ishlaydiganlar uchun qisqartirish maqsadga muvofiq. Imkon qadar xodimlar uchun issiq ichimliklar tashkil qilish, sovuqqotish holatlarining oldini olish uchun tanaffus berish yoki oʻrin almashtirish ham foydadan xoli boʻlmaydi. Toʻrtinchidan, yirik savdo va aholiga xizmat koʻrsatish markazlarida issiq choy berishni tashkil qilish oʻrinli boʻladi. Beshinchidan, jamoat transportining uzluksiz harakatlanishini taʼminlash kerak. Chunki noqulay ob-havoda yoʻllarda yengil avtomobillar soni keskin kamayadi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid