platina.uz
Jamiyat

Uzaytirilgan qishki taʼtil kunlari maktablarda oʻquvchilar ishtirokida toʻgaraklar tashkil etilmaydi

Uzaytirilgan qishki taʼtil kunlari maktablarda oʻquvchilar ishtirokida toʻgaraklar tashkil etilmaydi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi qishki taʼtil davrida umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilar uchun toʻgaraklar tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berilmaganligini maʼlum qiladi. Vazirlik tasarrufidagi respublika tashkilotlari — Bolalar kutubxonasi, «Barkamol avlod» bolalar maktabi tomonidan barcha loyihalar onlayn tarzda tashkil etilmoqda. Hukumatining tegishli yigʻilish bayonida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, qishki taʼtil davomida oʻquvchi-yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida kitob mutolaasini oshirishga qaratilgan onlayn intellektual viktorinalar, radio eshittirishlar hamda telekoʻrsatuvlar namoyish etilishi koʻzda tutilgan. Shu oʻrinda vazirlik hududiy boʻlinmalari hamda vazirlik tarkibidagi barcha taʼlim muassasalari rahbarlaridan qishki taʼtil kunlari oʻquvchilar ishtirokida turli toʻgaraklar tashkil etilmasligini shaxsiy nazoratga olishlari soʻraladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid