platina.uz
Jamiyat

Toshkentda masʼullarni asosiy faoliyatidan chalgʻituvchi  yigʻilish oʻtkazish taqiqlandi

Toshkentda masʼullarni asosiy faoliyatidan chalgʻituvchi  yigʻilish oʻtkazish taqiqlandi
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev kutilayotgan anomal sovuq munosabati bilan tegishli chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha topshiriq berdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Unga koʻra, 9 yanvardan 18 yanvargacha poytaxtdagi hokimliklarda, boshqarmalar va ularning tuman boʻlimlarida har qanday majlislar (jumladan Zoom shaklida), tadbirlar, masʼullarni asosiy faoliyatidan chalgʻituvchi boshqa yigʻilishlarni oʻtkazish taqiqlanadi. Shuningdek, koʻchada xizmat qilayotgan yoʻl harakati xavfsizligi xizmati va obodonlashtirish xodimlarini issiq choy va yegulik, ixcham termos idishlari bilan taʼminlanadi. Shuningdek, tugʻruqxonalar, shifoxonalar, muruvvat va mehribonlik uylarining issiqlik taʼminotini alohida nazoratga olish, ulardagi mavjud elektr generatorlarini yoqilgʻi bilan taʼminlash, toʻxtovsiz ishlashi uchun shay holatga keltiriladi. Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan 2 kun muddatda jamoat joylarida yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qayta koʻrik-nazorat tadbirlarini oʻtkazilishini taʼminlanadi hamda 2 kun muddatda 103 tez tibbiy yordam mashinalarini tibbiy anjom va dori vositalari bilan taʼminlanganlik darajasini koʻzdan kechirib, yetishmovchiliklarni toʻldiriladi, deyiladi hokimlik xabarida.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid