platina.uz
Jamiyat

Taʼtil kunlarida maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun haq toʻlanmaydi

Taʼtil kunlarida maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun haq toʻlanmaydi
“Taʼtil kunlarida ham bogʻcha puli toʻlaymizmi?” Maktabgacha taʼlim agentligi joriy yilning 10-18-yanvar kunlari maktabgacha taʼlim tashkilotlarida navbatdan tashqari taʼtil eʼlon qilingandan soʻng koʻplab ota-onalarni qiziqtirgan ana shu muhim savolga javob qaytardi. Agentlik taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, "Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar taʼminotiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida"gi Nizom talablari asosida mazkur taʼtil kunlari uchun bogʻcha toʻlovi toʻlanmaydi.
“Taʼtil eʼlon qilingunga qadar bogʻcha toʻlovi amalga oshirilgan boʻlsa, keyingi toʻlovlarni amalga oshirish jarayonida taʼtil kunlari uchun toʻlangan badal summasi hisobga olinadi. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yigʻilish bayoniga asosan, taʼtil kunlari davomida maktabgacha taʼlim tashkilotlari, jumladan, DXSh hamda Oilaviy NMTTda faoliyat yuritadigan xodimlarga amaldagi tartib saqlangan holda ish haqi toʻlanadi” deya maʼlum qilgan agentlik.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid