platina.uz
Jamiyat

Sirdaryoda tuman gaz boʻlim boshligʻi pora bilan ushlandi

Sirdaryoda tuman gaz boʻlim boshligʻi pora bilan ushlandi
Prokuratura departamenti Sirdaryoda gaz taʼminoti boʻlimining taʼmirlash xizmati boshligʻi ushlanganini maʼlum qildi. Maʼlum qilinishicha, DXXning Sirdaryo tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “Sirdaryotumangaz” gaz taʼminoti boʻlimining taʼmirlash xizmati boshligʻi M.K. fuqaro M.R.ning ijarada yashayotgan xonadonida tabiiy gaz tarmogʻiga noqonuniy ulanib, 6,3 mln soʻm zarar aniqlanganligi holati boʻyicha tuzilgan dalolatnomani yoʻq qilib berish evaziga 1 mln soʻm olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid