platina.uz
Jamiyat

Qor koʻchkisi xavfi mavjud hududlardan aholi vaqtincha koʻchirilishi mumkin

Qor koʻchkisi xavfi mavjud hududlardan aholi vaqtincha koʻchirilishi mumkin
Qor koʻchkisi xavfi mavjud hududlardan aholi vaqtincha koʻchirilishi mumkin. Bu haqda «Huquqiy axborot» xabar bermoqda. Aholini va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish ishlari samaradorligini oshirish maqsadida: Toshqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash, qor koʻchishi va yer koʻchkisi hodisalari xavfini kamaytirish boʻyicha hukumat komissiyasi tasdiqlangan. Hukumat komissiyasining asosiy vazifalaridan biri sel, suv toshqini, qor koʻchkisi va yer koʻchkisi xavfi mavjud boʻlgan hududlarda joylashgan aholini vaqtincha koʻchirish va keyinchalik (zarur hollarda) bosqichma-bosqich xavfsiz joylarga doimiy yashash uchun koʻchirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish hisoblanadi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid