platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston Respublikasi statistika portali ishga tushirildi

Oʻzbekiston Respublikasi statistika portali ishga tushirildi
Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan “Statistika” integrallashgan axborot tizimi (SIAT) yaratildi hamda uning negizida siat.stat.uz Oʻzbekiston Respublikasi statistika portali ishga tushirildi. SIAT - rasmiy statistikani eʼlon qilish va ularni foydalanuvchilar tomonidan qidirib topish vaqti 5-10 barobarga, alohida soʻrovlar asosidagi integratsiya qilish vaqti esa 10 kundan 1 kungacha qisqartirildi. Hozirgi kunda SIAT axborot tizimida 19 ta yoʻnalishda jami 1 700 dan ortiq rasmiy statistik koʻrsatkichlar, 10 yillik dinamik qatorlarda, shuningdek, 30 yillik makrokoʻrsatkichlar 5 yillik kesimda foydalanuvchilarga qulay va bepul shaklda yuklab olish uchun 3 xil (Excel, PDF va JPG) formatda hamda mustaqil ravishda integratsiya qilish uchun 3 xil (CSV, JSON va XML) formatda joylashtirildi va doimiy ravishda yangilab boriladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid