platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston boʻylab anomal sovuq paytida ham elektr energiyasida cheklovlar kiritiladi

Oʻzbekiston boʻylab anomal sovuq paytida ham elektr energiyasida cheklovlar kiritiladi
4 yanvar kuni Energetika vaziri boshchiligida tizim korxonalari rahbarlari va masʼul xodimlari ishtirokida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda kelgusi hafta respublika hududida havo haroratining anomal pasayishi davrida yoqilgʻi-energetika sohasidagi ishlarni toʻgʻri va tizimli tashkil qilish, isteʼmolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash boʻyicha zarur choralar koʻrish masalalari muhokama qilindi va qator vazifalar belgilab berildi. Jumladan, birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha obʼektlariga elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz hamda koʻmir mahsulotini barqaror yetkazib berish choralari koʻrilishi taʼkidlandi. Buning uchun:
1. Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga kiritilayotgan cheklovlar davom ettiriladi; 2. Yirik ishlab chiqarish korxonalariga tabiiy gaz yetkazib berish hajmi keskin kamaytiriladi; 3. Energotizimdagi yirik isteʼmolchilarning kunlik elektr energiyasi isteʼmoli kamaytiriladi va tejalgan 11-12 mln kVt-soat elektr energiyasi aholi isteʼmoliga yoʻnaltiriladi; 4. Energotizimda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yirik avariyalarni oldini olish, barcha isteʼmolchilarni bir maromda elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda tasdiqlangan grafiklarga asosan qisqa muddatli cheklovlar kiritiladi; 5. Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi issiqlik elektr stansiyalari va markazlarning barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida kuniga oʻrtacha 49 mln kub metr tabiiy gaz yetkazib beriladi; 6. Bugungi kunda mazkur stansiyalar uchun 90 ming tonna mazut va 280 ming tonna koʻmir yoqilgʻisi zaxirasi yaratildi; 7. Isteʼmolchilarga kunlik koʻmir yetkazib berish hajmi 5000 tonnadan 8000 tonnaga oshiriladi.
Yigʻilishda sovuq kunlarda elektr energiyasiga boʻlgan talab ortishi natijasida elektr tarmoqlari va transformator punktlarida ham yuklamalar keskin oshishi taʼkidlandi. Bunda, dispetcherlar mahalliy hokimliklar va hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan tasdiqlangan cheklov grafiklariga qatʼiy amal qilishlari, yaʼni belgilangan muddatdan ortiq cheklovlar kiritmasligi taʼkidlandi. Ikki soatdan oshmagan vaqt oraligʻida hududlar kesimida joriy etilayotgan cheklov grafiklari barcha viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida eʼlon qilib borilishi taʼminlanadi. Shuningdek, anomal sovuq kunlarida tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nosozliklarni bartaraf etish uchun elektr va gaz taʼminoti korxonalarida tunu-kun ishlaydigan 1000 dan ortiq maxsus brigada tashkil etildi. Ushbu brigadalar muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etilishini taʼminlaydilar.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid