platina.uz
Jamiyat

«Hududgaztaʼminot» AJ isteʼmolchilarni ogohlantirdi

«Hududgaztaʼminot» AJ isteʼmolchilarni  ogohlantirdi
Havo haroratining keskin pasayishi munosabati bilan «Hududgaztaʼminot» AJ isteʼmolchilarni   ogohlantirdi. «Hududgaztaʼminot» AJ  tabiiy gazdan foydalanishda ehtiyot choralarini koʻrish, isitish moslamalari va ovqat tayyorlash jarayonida gaz plitalarini qarovsiz qoldirmaslik, shuningdek, ventilyatsiya tizimiga alohida eʼtibor berish zarurligini eslatib oʻtdi. Tashkilot fuqarolardan gaz jihozlari ishlab turgan xonalarda dam olishga yoʻl qoʻymaslikni va chiroqni yoqishdan oldin gaz hidi yoʻqligiga ishonch hosil qilib, u aniqlangan holda 104 telefon raqami orqali gaz xizmatiga murojaat qilishini soʻradi. Shuningdek, «Hududgaztaʼminot» AJ favqulodda vaziyatlarni oldini olish maqsadida va fuqarolardan tabiiy gaz isteʼmoliga ongli ravishda yondashishlarini va undan zarur ehtiyojlar uchun foydalanishlarini soʻraydi. Resursdan  oqilona foydalanish barcha isteʼmolchilarni bir maromda gaz bilan taʼminlash imkoniyatini beradi hamda havo haroratining pasayishi davrida uning yetishmovchiligini keltirib chiqarmaydi. Bundan tashqari, «Hududgaztaʼminot» AJ isteʼmolchilarni tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash uchun toʻlovni oʻz vaqtida amalga oshirish zarurligini eslatib oʻtadi. Maʼlumot uchun, toʻlovlarni tuman gaz taʼminoti boʻlimlari va bank filiallarida, shuningdek, barcha toʻlov tizimlarining mobil ilovalari orqali 24/7 rejimida amalga oshirish mumkin.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid