platina.uz
Jamiyat

Andijonda hayvonot bogʻi ishchisi ayiqlar hujumi oqibatida vafot etdi

Andijonda hayvonot bogʻi ishchisi ayiqlar hujumi oqibatida vafot etdi
“Andijon shahar Bogʻishamol dahasidagi Hayvonot bogʻida 3 yanvar kuni ayiq shu Zoopark ishchisiga hujum qilib, uni oʻldirgan. Bu haqda viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi. Maʼlum qilinishicha, 3 yanvar kuni soat 16:00 larda Xoʻjaobod tumani Mustaqillikning 27 yilligi MFY hududida joylashgan “Usmonobod Fayzi” MChJga qarashli “Andijon hayvonot” bogʻi ishchisi A.G ayiq yovvoyi hayvoniga ovqat berish maqsadida uning qafasiga kirgan vaqtida, ayiq unga tashlanib, boʻyin qismidan tishlab olishi oqibatida ogʻir tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan. Mazkur holat Xoʻjaobod tumani IIB tomonidan tegishli tartibda roʻyxatdan oʻtkazilib, hodisa joyi tuman IIB tezkor-tergov guruhi tomonidan koʻzdan kechirilgan. Fuqaro  A.G.ning olgan tan jarohatlarini ogʻirlik darajasini va uning oʻlim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Xoʻjaobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid