platina.uz
Jamiyat

Tibbiy sugʻurta 2023 yilda qaysi hududlarda joriy etiladi?

Tibbiy sugʻurta 2023 yilda qaysi hududlarda joriy etiladi?
4 yanvar kuni Sogʻliqni saqlash vazirligi hayʼat yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda 2023 yilda Davlat tibbiy sugʻurta tizimi joriy qilish boʻyicha qaror ishlab chiqarilishi maʼlum qilindi.  "Prezidentimizning Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida taʼkidlanganidek, 2023 yildan boshlab, Davlat tibbiy sugʻurta tizimini Toshkent shahrida joriy qilish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Biz oʻzimizga majburiyat olgan holda Navoiy viloyatida ham tibbiy sugʻurtani yoʻlga qoʻyamiz, - dedi vazir Amrillo Inoyatov. Buning uchun:
  • bir oy muddatda tibbiy sugʻurta tizimini joriy etish boʻyicha qaror ishlab chiqiladi;
  • Toshkent shahridagi 72 ta poliklinika va 40 ta shifoxonani kompyuter jihozlari, zarur tibbiy uskunalar bilan taʼminlashga 30 mlrd. soʻm yoʻnaltiriladi;
  • Poytaxtda 2023 yil 1 iyuldan tibbiy sugʻurta tizimi mexanizmlari joriy etiladi.
Bunda:
  • tibbiyot muassasalari toʻliq raqamlashtiriladi;
  • har bir bemor qachon, qayerda va qanday davolanishi haqida aniq maʼlumotga ega boʻladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid