platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistondagi 1 008 ta kasalxona binosida quyosh panellari oʻrnatiladi

Oʻzbekistondagi 1 008 ta kasalxona binosida quyosh panellari oʻrnatiladi
Cogʻliqni saqlash vaziri A. Inoyatov bugun boʻlib oʻtgan vazirlik Hayʼat yigʻilishida kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish choralarini koʻrish masalasiga ham alohida toʻxtalib oʻtdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi. "Tibbiyot muassasalarini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida jami 437 ta dizel generatori xarid qilindi", — dedi vazir. — Ularning barchasi yanvar-fevral oylarida joylarga yetkazib beriladi. Bundan tashqari, 2022-2023 yillarda Sogʻliqni saqlash tizimidagi 1 540 ta tibbiyot muassasasiga muqobil energiya manbalarini oʻrnatish belgilangan. Hozir 107 ta tibbiyot muassasasiga 124 kVt. quvvatga ega quyosh panellari, 4 400 litr hajmdagi quyosh suv isitish qurilmalari oʻrnatildi. Shuningdek, sogʻliqni saqlash tizimiga ajratilgan mablagʻlar doirasida jami 425 ta (shundan 375 tasi mahalla tibbiyot punktlari hamda 50 tasi oilaviy shifokorlik punktlari hamda oilaviy poliklinikalar uchun moʻljallangan) 2 352 kVt. quvvatga ega quyosh panellari xarid qilindi va ular joriy yilning birinchi choragida oʻrnatib, ishga tushiriladi. Bundan tashqari, vazirlikning maʼmuriy binosiga 100 kVt. quvvatga ega quyosh panellarini oʻrnatish ishlari amalga oshirilmoqda. 2023 yilda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda yana 1 008 ta obʼektda 4 427 kVt. quvvatga ega quyosh panellari oʻrnatishi rejalashtirilgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid