platina.uz
Jamiyat

OTMlarda kontrakt toʻlash muddati 20 yanvargacha uzaytirildi

OTMlarda kontrakt toʻlash muddati 20 yanvargacha uzaytirildi
Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan  talabalar uchun toʻlov-kontrakt toʻlash muddati 20 yanvarga qadar uzaytirildi. Davlat komissiyasi tegishli qaroriga muvofiq, 2022/2023 oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, magistratura mutaxassisliklariga toʻlov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2023 yilning 20 yanvari etib belgilandi. Qaror bilan 2022 yil 10 dekabrdan keyin kontraktini toʻlaganlarning toʻlovi ham inobatga olinadigan boʻldi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid