platina.uz
Sport

Neymar yozda «PSJ»ni tark etishi mumkin

Neymar yozda «PSJ»ni tark etishi mumkin
«PSJ» yozgi transfer oynasida Neymarni sotishi mumkin. Bu haqda Diario Sport xabar berdi. Qayd etilishicha, Parij klubi oʻz sport loyihasini isloh qilib, Messi va Mbappeni oʻz safida olib qolmoqchi. Qolaversa, ikki futbolchining maoshini pasaytirishni rejalashtirmoqda. Natijada klub Neymar bilan xayrlashishi mumkin. «PSJ» braziliyalik futbolchining transferi uchun taxminan 100 million yevro soʻrashi mumkin, biroq futbolchining oʻzi jamoani tark etishni istamayapti. Futbolchining yuqori maoshi ham braziliyalikning yangi jamoaga oʻtishiga toʻsqinlik qilishi mumkin - PSJda u mavsumiga taxminan 40 million yevro oladi. Futbolchining PSJ bilan shartnomasi 2026 yilgacha moʻljallangan va unda yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati mavjud.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid