platina.uz
Jamiyat

Maktab va OTMlarda taʼtil uzaytirildi

Maktab va OTMlarda taʼtil uzaytirildi
Oʻzbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha boʻgʻindagi taʼlim muassasalarida qishki taʼtil muddati 17 yanvarga qadar uzaytirildi. Maʼlum qilinishicha, oʻquv mashgʻulotlari esa 18 yanvar, chorshanba kunidan boshlanadi. Shuningdek,  Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yigʻilish bayoniga asosan, umumtaʼlim hamda ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilarining, OTM talabalarining qishki taʼtil kunlari ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli 2023 yilning 17 yanvarigacha davom etadi. Maktablarda 2022-2023 oʻquv yilining 3-choragi 2023 yilning 18 yanvaridan boshlanadi. Joriy yilning 11-17- yanvar kunlari rejalashtirilgan dars mashgʻulotlari oʻquv yili davomida boshqa mavzularda tigʻizlashtirilib oʻqitiladi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ham navbatdan tashqari taʼtil eʼlon qilinadi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida mavsumiy gripp kasalligi, shamollashning keskin koʻpayishiga yoʻl qoʻymaslik uchun 2023 yil 10-18 yanvar kunlari navbatdan tashqari taʼtil eʼlon qilinadi.
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid