platina.uz
Jamiyat

JSST koronavirusning yangi toʻlqini boshlanishidan ogohlantirdi

JSST koronavirusning yangi toʻlqini boshlanishidan ogohlantirdi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlum qilishicha, “omikron” shtammining yangi XBB.1.5 subvarianti 29 mamlakatda roʻyxatga olindi. Qayd etilishicha, u bir necha hafta ichida AQShda dominant versiyaga aylandi. Hozir yangi mutatsiya Yevropa mamlakatlarida ham keng tarqalmoqda.
“Biz oʻsish surʼatlaridan tashvishdamiz, — deydi JSST eksperti Mariya Van Kerxove. — Chunki hozirgacha maʼlum variantlar orasida XBB.1.5 ning yuquvchanligi yuqori. Xavotirli jihati, u dunyoda koronavirus pandemiyasining yangi toʻlqiniga sabab boʻlishi mumkin".
Tashkilot rahbari Tedros Gebreyesus ham 2022 yil oxirida aniqlangan mazkur mutatsiya haqida toʻxtalar ekan, u “omikron” BA.2 versiyasining rekombinanti ekanligini taʼkidladi.
“Dunyo boʻylab kasallanishning yangi toʻlqini kutilmoqda, — deydi u. — Ammo bu oʻlim koʻrsatkichlari oshishiga olib kelmasligiga ishonamiz. Chunki biz oʻtgan davrda mazkur virusga qarshi kurashish borasida yetarli tajriba toʻpladik”.
Shundan kelib chiqib, mutaxassislar SOVID-19ga qarshi buster dozada emlanish eng toʻgʻri chora ekanligini taʼkidlamoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid