platina.uz
Tahlil

10 yil ozodlikdan mahrum qilingan sobiq bosh prokuror Rashid Qodirov ozodlikka chiqdi

10 yil ozodlikdan mahrum qilingan sobiq bosh prokuror Rashid Qodirov ozodlikka chiqdi
2000-2015 yillarda Oʻzbekistonning bosh prokurori lavozimida faoliyat koʻrsatib kelgan Rashid Qodirov 3 yil avval pora berishga dalolat qilish, firibgarlik, soliqlar yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash, tergov qilishga va sud ishlarini hal etishga aralashish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish kabi hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi bir qator ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilgandi. Unga nisbatan 10 yil ozodlikdan mahrum qilish va ish haqi minimumining 500 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangandi. Barcha davlat mukofotlari va unvonlaridan mahrum qilingandi. Mahalliy internet nashrlar bugun Oʻzbekistonning eng qudratli shaxslaridan biri boʻlgan sobiq bosh prokuror Rashid Qodirovning qamoqdan ozod etilgani haqida yozmoqda. Ammo rasmiy manbalar hozircha bu haqda maʼlumot eʼlon qilgani yoʻq. Shunga qaramay, platina.uz bu maʼlumot aniqligiga ochiq ensiklopediya – VIKIPEDIYA maʼlumotlariga tayanib ishonch hosil qildi. Mazkur ochiq ensiklopediyada sobiq bosh prokuror Rashid Qodirov haqidagi maʼlumotlar oxirgi marta 2023 yil 5 yanvar sanasida soat 02.01 da uning 2022 yil dekabrda afv etilib ozodlikka chiqarilgani haqidagi maʼlumot bilan yangilangan. Eslatib oʻtamiz: Oʻzbekiston sobiq bosh prokurori Rashid Qodirov 2018 yil fevralida qoʻlga olingan edi. Oʻshanda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 165 (tovlamachilik), 205 (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) va 210 (pora olish) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgandi. Darvoqe... Prezident Shavkat Mirziyoyev sobiq bosh prokuror oʻz qilmishlari haqida oynai jahon orqali gapirib berishini aytgan edi. Ammo bu namoyish boʻlgani yoʻq.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid