platina.uz
Jamiyat

Xalqaro qidiruvda boʻlgan ayol Kuala-Lumpurdan Toshkentga ekstraditsiya qilindi

Xalqaro qidiruvda boʻlgan ayol Kuala-Lumpurdan Toshkentga ekstraditsiya qilindi
Kuala-Lumpurdan Toshkentga Oʻzbekiston Respublikasidagi Interpol milliy markaziy byurosi xodimlari hamrohligida odam savdosi jinoyati boʻyicha xalqaro qidiruvda boʻlgan va Malayziyada uzoq vaqt yashirinib yurgan jinoyatchi olib kelindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Ayblanuvchini qoʻlga olish Toshkent Interpol va Kuala-Lumpur Milliy markaziy byurolarining hamkorlikdagi harakatlari va tezkor-axborot kuzatuvi hamda Oʻzbekistonning Malayziyadagi elchixonasi vakillarining bevosita yordami bilan amalga oshirildi. Ushbu idoralar xodimlari tomonidan olib borilgan samarali harakatlar natijasida Malayziya hukumati tomonidan qidirilayotgan shaxsni ekstraditsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingunga qadar gumon qilinuvchini qoʻlga olish va hibsga olishga muvaffaq boʻlishdi. Ekstraditsiya masalasining ijobiy koʻrib chiqilishi natijasida qidiruvda boʻlgan ayol Toshkentga olib kelish uchun Oʻzbekiston huquq-tartibot idoralari xodimlariga topshirildi. Endilikda unga nisbatan qonun doirasida jazo belgilanadi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid