platina.uz
Tahlil

Shuhrat Gʻaniyev prezident maslahatchisiga oʻrinbosar boʻldi

Shuhrat Gʻaniyev prezident maslahatchisiga oʻrinbosar boʻldi
Shuhrat Gʻaniyev prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Yaʼni, Shuhrat Gʻaniyev prezident maslahatchisi Ravshan Gʻulomovga oʻrinbosar boʻldi. Maʼlumot uchun, Shuhrat Gʻaniyev 2011 yildan 2020 yilgacha Fargʻona viloyati hokimi lavozimida ishlagan. 2020 yil 25 sentabrdan marhum Oʻktam Barnoyev oʻrniga agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh vazir oʻrinbosari lavozimiga oʻtkazilgandi. Hukumatdagi oʻzgarishlar vaqtida Shuhrat Gʻaniyev bosh vazir oʻrinbosari lavozimidan ketdi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid