platina.uz
Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi
4 yanvar kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Oʻzbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish masalalari koʻrib chiqildi. Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikning rivojlanish surʼati, shu jumladan oʻzaro tovar ayirboshlash ortayotgani, Oʻzbekiston va Rossiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida qoʻshma korxona va kooperatsiya loyihalari soni oshayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Mamlakatlarimiz hududlari oʻrtasidagi faol muloqotlarni davom ettirish, shu maqsadda har yili Toshkent shahrida oʻtkazilayotgan «Innoprom. Markaziy Osiyo» xalqaro koʻrgazmasi hamda Oʻzbekiston-Rossiya Hududlar forumi imkoniyatlarini samarali ishga solish muhimligi taʼkidlandi. Neft-gaz sohasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Davlatimiz rahbari tomonidan 2022 yilning 26-27 dekabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida oʻtgan MDH norasmiy sammitining samarali natijalarini yuksak baholandi. Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilarining telefon orqali muloqoti har doimgidek samimiy, doʻstona va amaliy ruhda oʻtdi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid