platina.uz
Jamiyat

Samarqandda 2,3 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi

Samarqandda 2,3 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi
Samarqand viloyatida tadbirkor 2,3 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi. Vazirligi ishchi guruhi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida faoliyat yuritib kelayotgan «MAROQAND SIFAT TEKSTIL» MChJga qarashli tekstil mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi sexda foydalanilgan elektr energiyasi sunʼiy ravishda pasaytirilgan tarif boʻyicha hisob-kitob kilib kelinayotganligi aniqlandi. Xususan, isteʼmolchi tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi miqdorini hisobotlarda sunʼiy ravishda buzib (pasaytirib) koʻrsatilganligi natijada tizimga 2,3 mlrd soʻm zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi. Ushbu hajmdagi elektr energiyasi oʻrtacha 26 mingta xonadonning bir oylik isteʼmolini tashkil qiladi. Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrildi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid