platina.uz
Jamiyat

“Quramax Medical” tomonidan yurtimizga olib kirilgan barcha dori vositalari sotuvi toʻxtatildi

“Quramax Medical” tomonidan yurtimizga olib kirilgan barcha dori vositalari sotuvi toʻxtatildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Sogʻliqni saqlash vaziri A.Inoyatov yurtimizda “Quramax” dori vositalari sotilishini toʻxtatish boʻyicha topshiriq bergani haqida xabarlar tarqalmoqda. Dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi tomonidan oʻtkazilgan “Dok-1 Maks” hamda “Ambronol” dori vositalarining chuqurlashtirilgan sifat nazorat natijalariga koʻra, ushbu preparatlar normativ hujjatda koʻrsatilgan tarkibga nomuvofiqligi aniqlangan. Xususan, ularning ayrim seriyalarida propilenglikol moddasi oʻrniga yoki u bilan birga etilenglikol va dietilenglikol moddalari mavjudligi maʼlum boʻldi. Shuni inobatga olgan holda aholi salomatligini muhofaza qilish va qolgan dorilarni ham qoʻshimcha tekshiruvdan oʻtkazish maqsadida ehtiyot chorasi sifatida “Quramax Medical” MChJ tomonidan 2022 yil yurtimiz hududiga olib kirilgan barcha preparatlar sotuvi toʻxtatildi. Ayni paytda birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalari xodimlari oʻziga biriktirilgan barcha xonadonlarda faol patronaj ishlarini olib bormoqda. Bunda, uyma-uy yurgan holda “Xonadon dori qutisi”ni shaxsan nazoratdan oʻtkazish, muddati oʻtgan preparatlar, saqlash qoidalari buzilgan hamda “Quramax Medical” kompaniyasining barcha dori vositalarini qabul qilmaslik va isteʼmoldan chiqarish yuzasidan zarur choralar koʻrilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid