platina.uz
Jamiyat

Qashqadaryoda bozorchilar hokim oʻrinbosarini doʻpposladi

Qashqadaryoda bozorchilar hokim oʻrinbosarini doʻpposladi
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanining «Alisher Navoiy» MFY hududidagi «Fayz» dehqon bozori atrofida sotuvchilar janjal chiqardi. Holat yuzasidan viloyat IIB xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, 2 yanvar kuni taxminan soat 10:30 larda Qamashi tumani hokimining oʻrinbosari M.N. va shu bozor rahbari A.A.lar tomonidan bozor hududida obodonlashtirish ishlarini olib borish hamda bozor atrofiga beton ariq oʻrnatish maqsadida tuman Obodonlashtirish boʻlimiga qarashli ekskavator mashinasini ishlatayotgan vaqtda “Fayz” dehqon bozori hududida savdo ishlari bilan shugʻullanuvchi Qamashi tumanida yashovchi fuqarolar Q.S., B.N., T.Z. va I.A. hech bir sababsiz janjal chiqargan.

Janjal vaqtida fuqarolar Z.T. va N.B. qoʻllari bilan hokim oʻrinbosari M.N. qasddan bir necha marotaba urib, Qamashi tumani Obodonlashtirish boʻlimiga qarashli ekskavator mashinasi oynasiga tosh otib sindirib, “Fayz” nomli MChJ rahbari A.A.ga tegishli “Nexia-2” rusumli avtomashinaga zarar yetkazib, fuqarolarni faol qarshilik koʻrsatishga jalb qilgan.

Voqea joyiga Qamashi tuman IIB xodimlari chiqib, fuqarolarni tinchlantirib, jamoat tartibi saqlashga erishilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qamashi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid