platina.uz
Jamiyat

«Qamchiq» dovoni ochildi

«Qamchiq» dovoni ochildi
«Qamchiq» dovonida qor koʻchkisi xavfi yuzaga kelganligi sababli 4 yanvar kuni soat 00:00 dan avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan edi. Bu haqda FVV xabar berdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbarligida tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda fuqarolarni qabul qilish – evakuatsiya shtabi tuzilib, «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ hamkorligida yoʻlda qolib ketgan yoʻlovchilarga maxsus reys orqali poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyildi va isinish maskanlari tashkil etildi. Shuningdek, FVV, YPX va «Qamchiqavtoyoʻl» IYFUK xodimlari bilan birgalikda yoʻlni qordan tozalash, muzlamalar hosil boʻlishining oldini olish va qum-tuz aralashmasini sepish ishlari toʻxtovsiz olib borildi. Amalga oshirilgan zaruriy tadbirlar natijasida bugun, 4 yanvar kuni soat 10:00 da «Qamchiq» dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid