platina.uz
Sport

Pike futbolchilik faoliyatini tiklashi mumkin

Pike futbolchilik faoliyatini tiklashi mumkin
«Barselona» sobiq futbolchisi Xerard Pike faoliyatini qayta tiklashi mumkin. Bu haqda Relevo xabar berdi. Pike noyabr oyida futbolchilik faoliyatini yakunlagandi. Endi 35 yoshli ispaniyalik futbolchi oʻziga tegishli boʻlgan «Andorra» klubida oʻynashni rejalashtirmoqda. Biroq Xerard futbolchilik faoliyati tiklashiga bir qancha toʻsiqlar mavjud. Birinchidan, Pikening maoshi. Garchi futbolchilik faoliyatini yakunlagan boʻlsa-da, u hamon «Barselona» tarkibida roʻyxatda turibdi. Uning maoshi esa 20 million yevroni tashkil etadi. Ikkinchidan esa Ispaniyaning ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi «Andorra» Pikega eng kam ushbu narxni toʻlay olmaydi. Buning iloji bor, biroq La Liga maxsus komissiyasi ushbu masalani hal qiladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid