Oʻzbekistonda 2022 yilda qariyb 305 mlrd soʻmlik avtoraqamlar sotilgan

2022 yilda Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasinin elektron savdo tizimida 304,1 mlrd soʻmlik 118 mingdan ziyod avtoraqamlar shaffof onlayn-auksionlar orqali sotildi.
Tuzilgan bitta bitimning oʻrtacha qiymati 2,6 mln soʻmni tashkil etgan. Sotilgan avtoraqamlarning 91 foiz jismoniy shaxslar, 9 foiz - yuridik shaxslar tomonidan xarid qilingan. Oʻtgan davrda sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi 494,9 ming soʻmni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa – 348,0 mln soʻmni tashkil qildi.
Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 5 foiz birinchi toifadagi avtoraqamlar, 8 foiz – ikkinchi, 8 foiz – uchinchi, 11 foiz – toʻrtinchi, 22 foiz – beshinchi va 46 foiz – oltinchi toifa avtoraqamlarga toʻgʻri kelgan.
Hududlar kesimida eng koʻp avtoraqamlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati (31 foiz) Samarqand va Qashqadaryo (8 foizdan), Namangan, Andijon va Surxandaryo (7 foizdan), hamda Xorazm (6 foiz) viloyatlarida xarid qilingan.
Eslatib oʻtamiz, avtoraqamlarni onlayn-auksionlarda sotilishidan kelib tushgan mablagʻlarning 80 foiz – Oʻzbekiston Davlat byudjetiga, 20 foiz – Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va boshqa xarajatlar Maxsus jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
