platina.uz
Jamiyat

Nomaʼlum shaxslar oʻzbek-tojik chegarasida 26 kg narkotik modda qoldirib ketdi

Nomaʼlum shaxslar oʻzbek-tojik chegarasida 26 kg narkotik modda qoldirib ketdi
Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari va Chegara Qoʻshinlari harbiy xizmatchilari hamkorligida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilgan. Maʼlum qilinishicha, Bulungʻur tumani hududidan oʻtuvchi oʻzbek-tojik davlat chegarasi yaqinida nomaʼlum shaxslar tomonidan qoldirib ketilgan 20 kg 3 gr «opiy» va 6 kg 5 gr «gashish» giyohvandlik vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ushbu giyohvandlik vositalari egalarining shaxsiga aniqlik kiritish boʻyicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid