platina.uz
Jamiyat

Avtomobillar uchun shartnoma tuzish vaqtincha toʻxtatildi — UzAuto Motors

Avtomobillar uchun shartnoma tuzish vaqtincha toʻxtatildi — UzAuto Motors
4 yanvardan boshlab UzAuto Motors SAP hisob dasturiy taʼminotini amalga oshirish va mahsulot inventarizatsiyasi oʻtkazilayotgani munosabati bilan, ushbu muddatda kontraktatsiya shartnomasini tuzish, barcha avtomobillarni topshirish va toʻlovlarni qabul qilish vaqtincha toʻxtatiladi. Bundan tashqari, dasturiy taʼminotni ishga tushirish tadbirlari oʻtkazilishi munosabati bilan UzAuto Motors ilovasi faoliyati ham vaqtincha toʻxtatib turilishi mumkin. Dasturiy taʼminotni yangilash va inventarizatsiya ishlari yakunlangandan soʻng, kontraktatsiya shartnomalarini tuzish, oldindan toʻlovni qabul qilish va avtomobilni yetkazib berish toʻliq hajmda qayta tiklanadi. 2022 yil, yangi yil arafasida avtomobil yetkazib berish boʻyicha shartnoma tuzgan va 7 kun ichida oldindan toʻlovni amalga oshira olmagan shaxslar ish qayta tiklanganidan soʻng, avtomobil uchun oldindan toʻlovni amalga oshirishi mumkin. Shu bilan birga, ular tomonidan avtomobil yetkazib berish boʻyicha tuzilgan shartnomalar oʻz kuchida qoladi, faqat oldindan toʻlov muddati uzaytiriladi.
«UzAuto Motors kompaniyasi isteʼmolchilardan 4-5 kun davom etishi mumkin boʻlgan vaqtinchalik noqulayliklarni tushunishlarini soʻrab qoladi», - deyiladi xabarda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid