platina.uz
Jamiyat

Qashqadaryoda terilmagan paxta borligi maʼlum boʻldi

Qashqadaryoda terilmagan paxta borligi maʼlum boʻldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida salkam 20 gektar maydonda paxta terilmay qolib ketgani aytilgan video tarqaldi. Holat yuzasidan tuman hokimligi rasmiy munosabat bildirdi. Maʼlum qilinishicha, videoda koʻrsatilgan paxta maydoni tumanning “Amir Temur” hududida joylashgan “EMG Inter Investment” xorijiy korxonasiga tegishli boʻlgan dala hisoblanadi. Xorijiy korxona 2022 yil 30 dekabr kuniga qadar ham dalalarda paxta terimini amalga oshirgan. Bayram kunlari munosabati bilan terimni tashkil etish imkoniyati boʻlmagan.
“Xorijiy korxona paxta yetishtirishda oʻz ilmiy qarashlariga asoslanadi. 4 yanvar kunidan boshlab terim davom ettirilishini korxona ish yurituvchisi maʼlum qildi”, — deyiladi xabarda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid