platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonning uchta viloyatida elektr energiyasidan uzilish kuzatilmoqda

Oʻzbekistonning uchta viloyatida elektr energiyasidan uzilish kuzatilmoqda
Navoiy, Jizzax va Andijon viloyatlarining ayrim hududlarida elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, Navoiy va Jizzax viloyatlarida kuzatilayotgan kuchli shamol natijasida elektr tarmoqlarida nosozliklar yuzaga kelmoqda. Buning natijasida Jizzax viloyatining Forish, Zafarobod va Sh.Rashidov, Navoiy viloyatining Nurato, Tomdi va Uchquduq tumanlarining ayrim hududlarida elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda. Shuningdek, Andijon viloyatining Marhamat, Buloqboshi va Asaka tumanlarini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻida nosozlik yuzaga kelgan. Buning natijasida ushbu tumanlarning ayrim hududlarida elektr energiyasi taʼminotida favqulodda uzilishlar kuzatilmoqda. Hozirda maxsus brigadalar tomonidan nosozliklarni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda va tez fursat ichida ushbu hududlarning elektr taʼminoti toʻliq tiklanadi.
"Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz", - deyiladi xabarda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid