platina.uz
Jamiyat

“Oʻzagroeksportbank”dagi davlat ulushi 5 mln dollarga sotildi

“Oʻzagroeksportbank”dagi davlat ulushi 5 mln dollarga sotildi
“Oʻzagroeksportbank” ATB ustav kapitalidagi 100 foiz davlat aksiyalar paketi xususiylashtirildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar bermoqda. Qayd etilishicha, “Support Level” xorijiy korxonasi “Oʻzagroeksportbank” ATB ustav kapitalidagi 100 foiz davlat aksiyalar paketini 5 mln dollarga sotib olish toʻlovini biryoʻla toʻlab berish, bank ustav kapitalini qoʻshimcha 29 mlrd soʻmdan kam boʻlmagan qiymatga oshirish hamda bankning infratuzilma, texnologiya va mahsulotlarini rivojlantirishga kamida 50 mln dollar investitsiya kiritish boʻyicha taklif bilan chiqqan. Ushbu taklif Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan maʼqullangan. “Oʻzagroeksportbank ATB ustav kapitalidagi 100 foiz davlat aksiya paketlarini xususiylashtirishga avval jalb etilgan “Grant Thornton” xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan “Oʻzagroeksportbank”ning 2019 yil dekabr oyidan buyon “kredit operatsiyalari” toʻxtatilgani sabab kredit portfeli 2022 yil 1 dekabr holatiga 6,1 mlrd soʻmni tashkil etib, bunda muammoli kreditlar ulushi oʻta yuqoriligi, bankning ayni davrdagi holatiga umumiy zarari 31 mlrd soʻmni tashkil etgani natijasida jami sof aktivlari qiymati 50 mlrd soʻmligi qayd etilgan”, - deyiladi Davaktiv izohida. Shuningdek, “Oʻzagroeksportbank” Oʻzbekiston Markaziy banki tomonidan bank nazoratiga oid iqtisodiy normativlar bajarilmagani, aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga qarshi yetarli miqdorda zaxiralar shakllantirilmagani, kredit hujjatlarini rasmiylashtirishda belgilangan tartiblarga toʻliq amal qilinmagani, shuningdek, amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq tijorat banklari ustav kapitali miqdoriga qoʻyilgan talablar bajarilmagani (ustav kapitali 29 mlrd soʻmga kam shakllantirilgan) yuzasidan ogohlantirilgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid