platina.uz
Jahon

Turkiyada koʻplab aviareyslar tuman bekor qilindi

Turkiyada koʻplab aviareyslar tuman bekor qilindi
Turkiyada kuzatilgan qalin tuman sabab 49 reys yangi Istanbul aerportiga yoʻnaltirildi. Bu haqda Ria Novosti xabar berdi. Qayd etilishicha, dushanba kuni 50 ga yaqin reyslar qalin tuman tufayli Istanbulning yangi aeroportiga yoʻnaltirildi. Ertalab shahar sharqidagi Sabiha Goʻkchen aeroportiga qoʻnishi kerak boʻlgan 49 ta xalqaro reys shimoldagi yangi Istanbul aeroportiga yoʻnaltirilgan. Bir qator qatnovlar, asosan, Turk Havo Yoʻllari reyslari bekor qilingan. Istanbuldagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli bunday hodisalar tez-tez uchrab turadi, biroq hozirda qayta yoʻnaltirilgan reyslar soni rekord darajaga yetdi. Sinoptiklar Istanbul hududida qalin tuman jumagacha davom etishini taxmin qilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid