platina.uz
Jamiyat

Toshkentdagi 31 ta oligohda dars vaqti oʻzgaradi

Toshkentdagi 31 ta oligohda dars vaqti oʻzgaradi
Toshkent shahridagi 31 ta oliygohda 9 yanvardan boshlab dars vaqti oʻzgartiriladi. Bu haqda Oliy taʼlim vazirligi xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, Toshkent metropolitenida yoʻlovchi oqimini toʻgʻri taqsimlash, talabalarning oʻz vaqtida dars mashgʻulotlariga yetib borishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida bekatlarga yaqin joylashgan oliy taʼlim muassasalarining maqbullashtirilgan ish grafigi tasdiqlandi. Unga koʻra, 2023 yil 9 yanvardan yuqoridagi rasmda keltirilgan taʼlim maskanlari talabalari oʻzgargan grafik asosida darslarga qatnashadi. Eslatib oʻtamiz, qishki taʼtil tugab, dars jarayonlarining boshlanish sanasi 9 yanvar, dushanba kuniga toʻgʻri keladi. 5 yanvardan esa talabalar turar joyi oʻz ishini boshlanadi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid