platina.uz
Jamiyat

Toshkentda 3 ta mashina YTHga uchradi

Toshkentda 3 ta mashina YTHga uchradi
Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida 31 dekabr kuni uchta avtomashina ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda shahar IIBB YHXB xabar berdi. Qayd etilishicha, soat 19:00 larda Shayxontoxur tumani Sebzor koʻchasida Nexia–1, Cobalt va Hyundai rusumli avtomashinalar oʻzaro toʻqnashib ketgan. YTH oqibatida Cobalt avtomashinasida boʻlgan yoʻlovchi tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qilgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid