platina.uz
Jamiyat

Samarqandda ikkita uy yonib ketdi

Samarqandda ikkita uy yonib ketdi
Samarqand shahrida 1 yanvar kuni ikkita xonadon yonib ketdi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, 1 yanvar kuni soat 17:34 da Samarqand shahri ʼBekʼʼ MFY, Bobur koʻchasidagi xonadonlarda yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida viloyat FVBga xabar kelib tushgan. Voqea joyiga 6 ta yongʻin-qutqaruv ekipajilar jalb etilgan. Yongʻinga soat 17:44 da yetib borgan va soat 18:55 da yongʻin toʻliq bartaraf etilgan. Yongʻin natijasida 2 ta xonadonning taxminan 200 m.kv maydonda shift va tom qismi hamda uy jihozlari yonib, zararlangan. Yongʻindan xonadonlarning taxminan 80 kv.m maydoni saqlab qolindi. Hodisa oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq. Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid