platina.uz
Jamiyat

Buxorodan Toshkentga kelayotgan «Afrosiyob» poyezdi yoʻlda toʻxtab qoldi

Buxorodan Toshkentga kelayotgan «Afrosiyob» poyezdi yoʻlda toʻxtab qoldi
Buxoro—Toshkent yoʻnalishidagi «Afrosiyob» tezyurar poyezdi nosozlik sabab Chinozda toʻxtab qoldi. Bu haqda «Oʻzbekiston temir yoʻllari» matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, 2023 yil 1 yanvar kuni Buxoro—Toshkent yoʻnalishidagi 769-sonli «Afrosiyob» yuqori tezlikda harkatlanuvchi elektropoyezdi elektr kuchlanishli sim tarmogʻidagi nosozlik sababli Yangi Chinoz—Chinoz peregon oraligʻida toʻxtab qolgan. Yoʻlovchilarni manzilga xavfsiz yetkazib kelish maqsadida 20:35 da Toshkent Shimoliy vokzalidan zaxira «Afrosiyob» elektrpoyezdi joʻnatilgan va ushbu poyezd Chinoz bekatiga 21:05 yetib borgan. 269 nafar yoʻlovchi zaxira poyezdiga xavfsiz oʻtkazilgan va poyezd Toshkent-Markaziy vokzaliga 22:05da yetib kelgan.
«Yoʻlovchilarga yoʻl davomida qoʻshimcha issiq choy-kofe va oziq-ovqat bepul tarqatildi. 269 nafar yoʻlovchiga chipta narxi toʻliq qaytarib beriladi», — deyiladi xabarda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid