platina.uz
Jamiyat

Andijonda sotuvchi mijozining plastik kartasidan pul oʻgʻirladi

Andijonda sotuvchi mijozining plastik kartasidan pul oʻgʻirladi
Andijon viloyatining Xoʻjaobod tumanida sotuvchi xaridorning bank kartasidan pul oʻgʻirladi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi. Qayd etilishicha, Buloqboshi tumanida istiqomat qiluvchi 1997 yilda tugʻilgan S.J. ariza bilan murojaat qilib, uning bank kartasidan nomaʼlum shaxs jami 2 451 000 soʻm pullarni  yechib olganini bildirib, ushbu shaxsni aniqlab, qonuniy chora koʻrishni soʻragan. Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida firibgarlik yoʻli bilan pullarni oʻzlashtirgan shaxs Andijon viloyati Xoʻjaobod tumanida yashovchi 1991 yilda tugʻilgan S.A. ekanligi aniqlangan. Doʻkon sotuvchisi boʻlgan S.A. unga ishonib berilgan bank kartasini oʻzining mobil qurilmasiga oʻtkazgan. Karta egasidan “telefon qurilmam quvvati tugab qolgan, sizning qurilmangizdan foydalanib olay”, deb SMS-xabarnomani qoʻlga kiritish orqali pullarni oʻzlashtirgan. S.A.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid