platina.uz
Jamiyat

Air Astana aviakompaniyasining Toshkent-Olmaota reysi yoʻlovchilari jabrlandi

Air Astana aviakompaniyasining Toshkent-Olmaota reysi yoʻlovchilari jabrlandi
Air Astana avikompaniyasining Toshkent-Olmaota reysi samolyoti turbulentlik hududiga tushib qolishi natijasida yoʻlovchilar jabrlandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi. «Bugun aviakompaniya Toshkent-Olmaota yoʻnalishi boʻyicha KC 128 reysini amalga oshirdi. Samolyot mahalliy vaqt bilan 14:35 da havoga koʻtarilgan. Parvoz vaqtida samolyot toʻsatdan kuchli turbulentlik hududiga tushib qoldi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yetti nafar yoʻlovchi turli tan jarohatlari olgan», — deyiladi xabarda. Qayd etilishicha, samolyot 16.45 da Olmaotaga qoʻndi. Parvoz ekipaji yoʻlovchilarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatgan. Uchuvchilar voqea haqida aeroport xizmatlarini xabardor qilgan. Tez yordam mashinalari yordam koʻrsatish uchun aeroportda yoʻlovchilarni kutmoqda. Aviakompaniya sodir boʻlgan voqeadan afsusda va reys yoʻlovchilariga har tomonlama yordam beradi. Voqea vakolatli organlar tomonidan tekshiriladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid