platina.uz
Jamiyat

Toshkentda koʻp qavatli uyda yongʻin sodir boʻldi

Toshkentda koʻp qavatli uyda yongʻin sodir boʻldi
Toshkentda 31 dekabr kuni 12-qavatda joylashgan xonadonda yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmatit xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, 31 dekabr kuni taxminan soat 21:51 lar atrofida Toshkent shahar Yangihayot tumanining «Olchazor» mahallasidagi koʻp qavatli uyning 12-qavatida joylashgan xonadonda yongʻin kelib chiqdi. Qayd etilishicha, voqea joyiga tuman favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari yetib kelgan va yongʻin zudlik bilan bartaraf etildi. Shuningdek, tuman hokimi va sektor rahbarlari tomonidan vaziyat nazoratga olingan. Yongʻin oqibatida jabrlangan fuqarolar boʻlmagan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid