platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda yangi yilning ilk kunida qancha chaqaloq dunyoga keldi?

Oʻzbekistonda yangi yilning ilk kunida qancha chaqaloq dunyoga keldi?
2023 yil 1 yanvar soat 17:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda jami 1312 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumot berdi. Qayd etilishcha, ularning 687 nafari oʻgʻil, 625 nafari qiz farzand. Eng koʻp tugʻilish Fargʻona viloyatida (172 nafar) kuzatilgan. Shuningdek, hududlar kesimida keyingi oʻrinlarni:
  • Qashqadaryo viloyati (169 nafar),
  • Namangan viloyati (137 nafar),
  • Surxondaryo  viloyati (133 nafar),
  • Samarqand viloyati (121 nafar)
Eng kam tugʻilish esa Sirdaryo viloyati (35  nafar) hissasiga toʻgʻri keldi. Tugʻilganlarning 7 nafari egizaklar. Ayni paytda shifokorlarimiz goʻdaklarning barchasiga belgilangan standartlar boʻyicha sifatli tibbiy xizmat koʻrsatmoqda. Eslatib oʻtamiz, dam olish kunlarida qator tibbiyot muassasalari bilan birga, 227 ta tugʻuruq kompleksida ham tibbiyot xodimlari, akusher-ginekolog, neonatolog, doya hamda hamshiralar navbatchilik asosida aholiga xizmat koʻrsatmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid