platina.uz
Jamiyat

Namanganda tunda er-xotin yonib ketdi

Namanganda tunda er-xotin yonib ketdi
Namangan viloyatida 31 dekabrdan 1 yanvarga oʻtar kechasi 4 ta yongʻin yuz berdi. Holat boʻyicha viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi. 31 dekabr soat 22:15 da Chust tumani “Laylak uya” MFY hududidagi xonadonlarning birida yongʻin sodir boʻlgan. Hodisa oqibatida uyning oshxonasida shift va tom qismidan 15 kvadrat metr joyi yonib zararlangan. 1 yanvar soat 01:02 da Namangan tumani “Shoʻrqoʻrgʻon” MFY hududidagi xonadonlarning birida yongʻin chiqqan. Hodisa oqibatida binoning shift va tom qismidan 45 kvadrat metr joyi hamda uy-roʻzgʻor buyumlari yonib zararlangan.\ Soat 01:33 da Norin tumani “Xoʻjaobod” MFY hududidagi xonadonlarning birida yongʻin yuz bergan. Hodisa oqibatida binoning shift va tom qismidan 40 kvadrat metr joyi, uy-roʻzgʻor buyumlari hamda xonadon egalariga tegishli hujjatlar yonib zararlangan. Soat 05:00 da Kosonsoy tumani “Navbahor” MFY hududidagi xonadonlarning birida yongʻin sodir boʻlgan. Hodisa oqibatida binoning shift va tom qismidan 20 kvadrat metr joyi, uy jihozlari yonib zararlangan. Yongʻin vaqtida xonadon egasining oʻgʻli —1994 yilda tugʻilgan erkak va uning turmush oʻrtogʻi — 1995 yilda tugʻilgan ayolning kuygan xoldagi jasadi topilgan. Hozirda sodir boʻlgan yongʻinlar yuzasida tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid