platina.uz
Jamiyat

Buxoroda temir seyfdan 200 mln soʻm oʻgʻirlagan ayol ushlandi

Buxoroda temir seyfdan 200 mln soʻm oʻgʻirlagan ayol ushlandi
Buxoro viloyati Buxoro shahrida oʻzganing xonadoniga kirib, temir seyfdan 200 million soʻm pullarni oʻmargan ayol qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, 2022 yil 27 dekabr kuni nomaʼlum shaxs oʻzgalar mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida Buxoro tumani «Oʻrta Osiyo» mallasida yashovchi R.Sh. ning Buxoro shahar «Shirbudin» mahallasidagi xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadonining hovlisidagi temirdan ishlangan seyfning ichida saqlanayotgan 200 mln soʻm naqd pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, nomaʼlum tomonga yashiringan. Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro shahar Shirbudin koʻchasida yashovchi, 1984 yilda tugʻilgan O.N. ismli ayol sodir qilganligi aniqlangan. Hozirgi kunda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid