platina.uz
Jamiyat

Toshkentda nomaʼlum shaxs bankomatdan pul oʻmardi

Toshkentda nomaʼlum shaxs bankomatdan pul oʻmardi
30 dekabr kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida bankomatdan pul oʻgʻirlandi. Holat yuzasidan shahar IIBB maʼlumot berdi. Qayd etilishicha, soat 06.30 larda nomaʼlum shaxs Yashnobod tumani Jarqoʻrgʻon koʻchasida joylashgan savdo doʻkonining oldida oʻrnatilgan bankomatdan oʻgʻrilik sodir etgan. Xabar yuzasidan zudlik bilan voqea joyiga tergov-tezkor guruhi yetib borgan. Tergov harakatlarini olib borish, dalillarni va izlarni aniqlash maqsadida jinoyat sodir etilgan hudud oʻrnatilgan tartibda oʻrab olingan. Holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“Oʻgʻrilik”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Jinoyatni toʻliq fosh qilish maqsadida malakali xodimlardan iborat tergov-tezkor guruhi tuzilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid