platina.uz
Sport

Krishtianu Ronaldu «An Nasr» bilan ikki yillik shartnoma imzoladi

Krishtianu Ronaldu «An Nasr» bilan ikki yillik shartnoma imzoladi
Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu faoliyatini Saudiya Arabistonining «An-Nassr» klubida davom ettiradi. Maʼlum qilinishicha, 37 yoshli hujumchi Saudiya Arabistoni klubi bilan 2025 yil yozigacha moʻljallangan bitim imzoladi. Portugaliyalik futbolchining yillik maoshi — tijorat va elchilik xizmatlari bilan 200 mln yevro. Shu tariqa, u dunyoning eng koʻp maosh oluvchi futbolchisiga aylandi. Shu bilan birgalikda oʻzbekistonlik yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov bilan bir jamoada oʻynaydigan boʻldi. Ronaldu noyabr oyida «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomani bekor qilgandi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid