platina.uz
Jamiyat

DXX terrorizmni moliyalashtirmoqchi boʻlgan shaxslarni qoʻlga oldi

DXX terrorizmni moliyalashtirmoqchi boʻlgan shaxslarni qoʻlga oldi
Qoʻqonlik K.Hasanov 2019 yilda Moskvaga ishlash uchun borib, tarmoqlar orqali Suriyadagi «Tavhid va jihod katibasi» terroristik tashkiloti aʼzolari taʼsiriga tushib qolib, ularga yordam berish uchun «moliyaviy jihod» qilishga ahd qiladi. Bu haqda OʻzA xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, Qoʻqonda yashovchi tanishi S.Zokirovni ham Suriyadagi birodarlarga moddiy yordam berishga undagan. U Oʻzbekistonda yashovchi shaxslarni «moliyaviy jihod»ga chorlashi va ular bergan pullarni Suriyadagi terrorchilarga yuborishi kerak boʻlgan. Topshiriqga koʻra, S.Zokirov «Telegram» orqali Suriyaning Idlib shahrida yashovchi shaxs bilan bogʻlanib, unga 50 ming AQSh dollari yuborishni rejalashtirgan. DXX tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda S.Zokirov bu pul mablagʻini yubormoqchi boʻlgan vaqtida jinoyat ustida qoʻlga olindi. K.Hasanov xorijda ushlanib, Oʻzbekistonga olib kelindi. K.Hasanov 8 yil, S.Zokirov esa 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid