platina.uz
Jamiyat

SSV: Bayram kunlari tibbiyot muassasalari tunu kun ishlaydi

SSV: Bayram kunlari tibbiyot muassasalari tunu kun ishlaydi
Davlat rahbarining tegishli farmoniga koʻra, Yangi yil bayramida yurtdoshlarimiz 31 dekabrdan 4 yanvargacha ketma-ket 4 kun dam oladi. Bu haqda SSV xabar berdi. Ana shu davrda quyidagi davolash-profilaktika muassasalarining 40 ming nafar tibbiyot xodimi qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat koʻrsatadi:
  • 1049 ta oilaviy poliklinika,
  • 1080 ta oilaviy shifokor punkti,
  • tuman, viloyat va respublika shifoxonalari,
  • ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari,
  • tibbiyot oliy oʻquv yurtlari klinikalari.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tumanlardagi 181 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul boʻlimi hamda tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi. Ushbu muassasalar zarur dori-darmonlar bilan taʼminlanib, zaxira oʻrinlari yaratilgan.
  • Yurtimiz boʻyicha 2755 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan boʻladigan chaqiriqlar asosida kunu tun xizmat koʻrsatadi.
Bundan tashqari, 227 ta tugʻuruq, 245 ta bolalar davolash muassasaci ham uzluksiz ish olib boradi. Respublika Call-markazi (1003) orqali tibbiyotga tegishli savollaringizga malakali mutaxassislardan kechayu kunduz javob olishingiz mumkin. Sanitariya-epidemiologiya xizmatining markaziy apparati va hududlardagi 14 ta boshqarma hamda 203 ta aholi punktida joylashgan boʻlimlarida ham 24 soat davomida navbatchi shifokor, vrach-laborant va yordamchi xodimlar faoliyatini davom ettiradi.
"Sogʻliqni saqlash vazirligi bayram kunlarida mehnat qiladigan barcha tibbiyot xodimlariga oʻz minnatdorligini bildiradi", - deyiladi xabarda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid