platina.uz
Jamiyat

Qalin tuman Toshkent va Andijon aeroportlari faoliyatini chekladi

Qalin tuman Toshkent va Andijon aeroportlari faoliyatini chekladi
Noqulay ob-havo sharoiti Toshkent va Andijon xalqaro aeroportlari ishining cheklanishiga sabab boʻldi. Bu haqda "UZBEKISTAN AIRPORTS" xabar bermoqda. Xususan, Toshkent aeroportida quyuq tuman sababli koʻrinishning yomonlashishi (250 m) "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasining HY9614 (Moskva — Toshkent) (Moskva — Toshkent) reysi Samarqanddagi muqobil aerodromga yoʻnaltirilishiga sabab boʻlgan. HY336 (Jidda — Toshkent) reysi esa Navoiy xalqaro aroportiga yoʻnaltirilgan. Ob-havo yaxshilangach, bort yoʻlovchilar bilan poytaxt aeroportiga uchib kelgan. Andijon aeroporti ham noqulay ob-havo sharoiti tufayli vaqtincha yopilgan. "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasining HY091 (Toshkent — Andijon) va HY049 (Andijon — Samarqand) reyslari Fargʻona aeroportidan oʻzgartirilgan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi. "Andijon" aeroporti rahbariyati tomonidan yoʻlovchilar uchun Fargʻona aeroportiga transport tashkil qilindi. Parvozlar jadvalidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlarni aviatashuvchilardan olishingiz mumkin.
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid