platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston 2023 yilda 23 milliard dollarlik mahsulot eksport qilishni rejalashtirmoqda

Oʻzbekiston 2023 yilda 23 milliard dollarlik mahsulot eksport qilishni rejalashtirmoqda
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi maʼlumotiga koʻra, unda vazirlik va idoralar, tarmoq birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari hamda Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi diplomatiya vakolatxonalari rahbarlari ishtirok etdi. Tashqi savdo hajmining oʻsishini taʼminlash, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb etish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, oʻzbekistonlik va xorijlik tadbirkorlar oʻrtasida mustahkam ishbilarmonlik aloqalarini oʻrnatish borasida Oʻzbekiston diplomatiya vakolatxonalari tomonidan vazirlik, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar samaradorligi qayd etildi. Oʻzbekistonning aniq hamkor davlatlari kontekstida diplomatiya vakolatxonalarning eksport faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha faoliyati natijalari tahlil qilindi. Geografiyani sezilarli darajada kengaytirish va eksport tuzilmasini diversifikatsiya qilish orqali 2023 yilda 23 milliard dollarlik mahsulot eksporti hajmini taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrish zarurligi taʼkidlandi. Shu nuqtai nazardan, Yevropa Ittifoqining «GSP+» imtiyoz va preferensiyalaridan foydalanish istiqbollari, «Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan» sanoat koʻrgazmalarini tashkil etish, raqobatbardosh mahsulotlarni ilgari surish boʻyicha boʻlajak import qiluvchi korxonalarni tahlil qilish, mah alliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga yetkazib berishda tarif va notarif toʻsiqlarni bartaraf etish boʻyicha tizimli ishlarni davom ettirish muhimligi taʼkidlandi. Diplomatiya vakolatxonalari rahbarlarining eksport shartnomalari boʻyicha debitorlik qarzlarini qisqartirish, yangi transport yoʻlaklarini rivojlantirish va mahsulotlarni eksport qilish uchun yangi logistika zanjirlarini shakllantirish masalalari boʻyicha olib borayotgan ishlari tahlil qilindi. Oʻzbekistonning tegishli mamlakatlardagi diplomatiya missiyalari rahbarlariga Oʻzbekiston tovarlari uchun port va tranzit xizmatlariga imtiyozlar olish yuzasidan muzokaralarni faollashtirish, mintaqaviy ahamiyatga molik transport-logistika loyihalari boʻyicha texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishni yakunlash, oʻzbekistonlik tadbirkorlarning hamkor mamlakatlardagi dengiz portlaridan uzluksiz foydalanishini taʼminlash, shuningdek, tovarlar yetkazib berishning muqobil yoʻnalishlari boʻyicha tegishli takliflarni ishlab chiqish va yangi imkoniyatlarni oʻrganish boʻyicha aniq vazifalar belgilab berildi. Uchrashuvda Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish borasidagi ishlarning borishi ham koʻrib chiqildi. Ishchi guruhning 6-yigʻilishiga har tomonlama tayyorgarlik koʻrish va JSTga aʼzo davlatlar bilan ikki tomonlama muzokaralarni oʻz vaqtida yakunlash boʻyicha aniq topshiriqlar berildi. Yigʻilish yakunlariga koʻra, belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish doirasida tegishli rahbarlarga qoʻshimcha maqsadli topshiriqlar berildi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid